Oliy Majlis Senatida YeXHT Parlament Assambleyasi va MDH Parlamentlararo Assambleyasi delegatsiyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning YeXHT Parlamentlararo Assambleyasi (PA)ning Georgiy Tsereteli boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. G.Tsereteli YeXHT DIIHB qisqa muddatli kuzatuvchilari va YeXHT PA muvofiqlashtiruvchisi sifatida parlament saylovida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Tanzila Norboyeva O‘zbekiston YeXHT PAga a'zoligini tiklaganini va bu O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatidagi muhim yo‘nalish ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomida YeXHT Parlament Assambleyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovni kuzatish uchun tashkilotning ishtirokchi davlatlaridan 50ga yaqin parlament vakillarini ilk bor yuborganligi ta'kidlab o‘tildi.
Bo‘lajak muhim siyosiy tadbir xususida so‘z borar ekan, tomonlar so‘nggi uch yil davomida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar muqarrarligi jiddiy sinovi va tasdig‘i bo‘lmish saylovlarga har tomonlama tayyorgarlik olib borilganini ta'kidlab o‘tdi. Yangi Saylov kodeksi mazkur sohada avval amal qilgan beshta qonunning qoidalarini o‘zida mujassamlashtirgan. Bunda xalqaro kuzatuvchilarning saylov jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalari ham inobatga olingan.
Georgiy Tsereteli ta'kidlaganidek, bo‘lib o‘tadigan saylovlar O‘zbekistonning siyosiy tarixidagi eng muhim voqea hisoblanib, YeXHT tomonidan bunga katta qiziqish bildirilmoqda.
“Bu borada YeXHTning tavsiyalari hisobga olingani va qonunchilikda o‘z aksini topgani bizni quvontiradi”, - dedi G.Tsereteli.
Eslatib o‘tamiz, YeXHT Parlament Assambleyasi 1993 yildan beri saylovlarni kuzatib boradi. Bugungi kunga qadar u qariyb 30 ta a'zo davlatlarning, jumladan Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya va Fransiya saylovlarini kuzatib borgan.
2019 yilgi parlament saylovini ilk bor YeXHT DIIHBning to‘laqonli missiyasi kuzatib bormoqda, u o‘z ishini joriy yil 25 noyabridan boshlagan.
Shuningdek, bugun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi raisining o‘rinbosari, MDH Parlamentlararo Assambleyasi (PA)ning kuzatuvchilari uzoq muddatli missiyasi rahbari Ilyas Umaxanov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni, shu jumladan MDH PA doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr almashildi.
Ta'kidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekistonning Rossiya hamda boshqa MDH davlatlari bilan o‘zaro hamkorligi sifat jihatidan yangi darajaga chiqdi. O‘zbekiston MDH Parlamentlararo Assambleyasi doirasidagi hamkorligini tikladi. Bu esa ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Tomonlar keng ko‘lamli tayyorgarlik ko‘rilayotgan bo‘lajak parlament saylovining ahamiyatiga e'tibor qaratdilar.
Ilyas Umaxanov ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida parlament saylovi O‘zbekistonning demokratik rivojlanish yo‘lida yangi bosqichga aylanishini ta'kidlab o‘tdi: “Bu shunday unutilmas kunlar, parlamentning yangi tarkibini saylaydigan xalq uchun yuksak siyosiy ahamiyatga ega kunlardir. Biz esa O‘zbekiston xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun keldik”.
Mavzuga oid
21:49 / 08.11.2024
Ishchilar sinfi isyoni yoki muvaffaqiyatsiz kampaniya? Harris saylovda nega yutqazdi?
18:42 / 07.11.2024
Trampning g‘alabasi: u amerikaliklarni qanday ishontira oldi?
18:18 / 07.11.2024
Imzo chekishni bilmagani uchun minglab yosh amerikaliklarning saylov byulleteni bekor qilindi
13:51 / 07.11.2024