Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 55 yil avval tug‘ruqxonadan o‘g‘irlab ketilgan odam topildi
Federal qidiruvlar byurosi Chikagodagi tug‘ruqxonadan 55 yil avval o‘g‘irlab ketilgan kishini topishga muvaffaq bo‘ldi.
Amerikalik ayol Dora Fronchak 1964 yil aprelida Pol ismli o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Chaqaloq dunyoga kelganining ertasi kuni hamshira kiyimida bo‘lgan ayol tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.
O‘shanda bolaning qidirilishi ortidan bir yil davomida butun mamlakat kuzatgan. 2 yildan keyin ayolning o‘g‘liga o‘xshash bolani topishga muvaffaq bo‘lingan. O‘sha vaqtlar DNK-tahlil texnologiyasi mavjud bo‘lmagani sababli bolaning ota-onasi bilan yaqinligi qulog‘i shakli bo‘yicha o‘rnatilgan. Ayol topilgan bolani o‘z o‘g‘li deb tan olgan. Biroq 2014 yilda DNK-tahlili topilgan bola uni katta qilgan insonlar farzandi emasligi aniqlangan.
Haqiqiy Pol Fronchakni esa bir necha oygina oldin topishga muvaffaq bo‘lingan. Ma'lumotlarga ko‘ra, u hozirda Michigan shtatida yashab, saraton kasalligidan aziyat chekadi. Erkak haqiqiy onasi bilan uchrashishni istashi yoki yo‘qligi hozircha noma'lum bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026