Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haftar kuchlari turklar boshqaruvidagi kemani qo‘lga oldi
Marshal Halifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi ekipaji Turkiya fuqarolaridan tashkil topgan fuqarolik kemasini qo‘lga oldi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Liviya harbiy-dengiz kuchlari kateri kemani Liviya suv hududlarida ushlab, uni Ras al-Hilol portiga tekshiruv uchun olib borgan. Kema qanday yuk olib ketayotgani haqida ma'lum qilinmagan.
Kuzatuvchilarning ta'kidlashicha, kemaning ushlanishi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Liviya milliy kelishuvi hukumatini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytgandan keyin yuz bergan.
Avvalroq Turkiya parlamenti milliy kelishuv hukumati bilan mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik haqidagi kelishuvni ma'qulladi.
Ayni vaqtda Haftar kuchlari Fayoz Sarroj boshchiligidagi hukumatni hokimiyatdan chetlatish uchun poytaxt Tripoliga yurish qilmoqda.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026