Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kubada 40 yil ichida ilk bor bosh vazir tayinlandi
Kuba parlamenti Manuel Marrero Krusni Kuba bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
56 yoshli Krus 16 yil davomida turizm vazirligiga rahbarlik qilgan. Bu vaqt ichida Kubada ko‘plab mehmonxonalar qurilgan, sayyohlar oqimi bir necha karra ko‘paygan.
1959-1976 yillarda Kuba bosh vaziri Fidel Kastro bo‘lgan. 1976 yilda yangi konstitutsiya qabul qilingan va buning natijasida bosh vazir lavozimi tugatilib, Kastro vazirlar kengashi va davlat kengashi raisi bo‘lgan.

2019 yil fevralda Kubada o‘tkazilgan referendum natijasida yangi konstitutsiya qabul qilinib, prezident va bosh vazir lavozimlari kiritilgan.
Oktyabrda Kuba milliy assambleyasi prezident lavozimiga Migel Dias-Kanel Bermudesni saylagan. U mamlakatga 2023 yilgacha rahbarlik qiladi.
Mavzuga oid
09:01 / 07.07.2026
Kubada yana umummilliy elektr uzilishi yuz berdi
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
10:10 / 12.06.2026