O‘zbekiston | 19:10 / 22.12.2019
4886
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Qozog‘iston yili yopilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

21 dekabrda Toshkentdagi “O‘zbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyida Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri Aktoti Raimkulova, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ishtirokida O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining yopilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Shu munosabat bilan Qozog‘iston madaniyat va sport vazirligi Qozog‘iston san'at vakillari ishtirokida konsert va A.Kasteyev nomidagi davlat san'at muzeyining ko‘chma ko‘rgazmasini tashkillashtirdi.

Konsertda Qozog‘iston xalq artisti Roza Rimbayeva, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan arboblar Azamat Jiltirgozov, Medet Chotabayev, Ardak Balajanova, Botirjon Miktibayev, Alisher Karimov, Qozog‘iston davlat akademik orkestri, “Saltanat” davlat raqs ansambli va xalqaro hamda respublika tanlovlari sovrindorlari ishtirok etishgan.

Joriy yil 15 aprelda Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ishtirokida O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining ochilishi tantanali marosimi bo‘lib o‘tgandi.

Yil davomida O‘zbekistonda Qozog‘iston madaniyat yili doirasida turli anjmunalar, forumlar, ko‘rgazmalar hamda ko‘plab madaniy, sport va turistik tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid