Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saylov qonunchiligini buzgan fuqarolarning bergan ovozi hisobga olinadimi?
O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov saylov kunida huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga ovoz berish imkoniyati taqdim etilishi masalasiga oydinlik kiritdi.
«Agar fuqaro huquqbuzarlik sodir qilsa, tegishli tartibda rasmiylashtiriladi, lekin albatta saylovda qatnashib, ovoz berishga imkon beriladi.
Har bir holatda konkret vaziyatdan kelib chiqiladi. Fuqarolarga albatta imkoniyat beriladi, bu to‘g‘rida topshiriq berilgan. Saylov jarayoni ertalabki 8dan kechki 20gacha davom etadi, bu vaqt ichida bemalol huquqbuzarlikni rasmiylashtirish mumkin yoki vaziyatga qarab rasmiylashtirish ishlarini kechiktirib turish ham mumkin. Bu masala individual tartibda hal qilinadi», – degan Bobojonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazir, shuningdek, saylov kuni jamoat xavfsizligini ta'minlash uchun jalb etilgan ichki ishlar xodimlariga konstitutsiyaviy huquqidan foydalanishga imkoniyat berilishini ham ma'lum qildi.
«Ichki ishlar xodimlariga saylovda qatnashib, konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanishlariga imkoniyat beriladi. Xizmat faoliyatlari buning uchun xalal bermaydi. Navbatchilikda qoladigan xodimlarimiz muddatidan oldin ovoz berishgan. Qolgan xodimlarimizga kun davomida ovoz berishda qatnashishlari uchun imkoniyat beramiz.
Buning uchun muayyan vaqt ajratilgan. Ularga ana shu vaqt ichida o‘zlari oila a'zolari bilan birgalikda saylovlarda qatnashishlarini tavsiya qilganmiz. Bir qismi ertalab soat sakkizdan ovoz berib bo‘ldi. Mening o‘zim ham 219-saylov okrugida ovoz berib keldim», – dedi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026