22 dekabr kuni Quva tumanida saylovçi şaxsiy avtomobilida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligi uçun nomzodi qöyilgan qarindoşining plakatlarini osib qöyib, unga ovoz berişni tarğib qilgan. Bu hodisa ayni paytda prokuratura tomonidan örganilmoqda.

Bu haqda Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov Xalqaro matbuot markazida ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, 53 mingga yaqin huquq-tartibot xodimlari, harbiy xizmatçilar va jamoatçilik vakillari, IIV, FVV va boşqa tizim xodimlari saylovlarda xavfsizlikni bu işga jalb etilgan.

«Saylov kuniga qadar barça taşkiliy işlar va xavfsizlik bilan boğliq barça masalalar hal etildi. Qolaversa, muddatdan oldin ovoz bergan 59260 nafar fuqaroning xavfsizligi ta'minlandi», – deya Bobojonovdan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazirning sözlariga köra, 3619 nafar ozodlikdan mahrum etilgan va tergov hibsxonalarida  saqlanayotgan şaxslarga saylovda qatnaşiş huquqi taqdim etilgan, şundan 1444 nafari jazoni ötaş muassasalarida, 2275 nafari tergov hibsxonalarida ovoz berişda qatnaşmoqda. Buning uçun 25ta saylov uçastkasi taşkil etilgan.

Pölat Bobojonovning qayd etişiça, soat 11:00gaça jazoni ötaş muasssasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotganlarning 2800 nafari (78 foizi) ovoz berib bölgan.