Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp koinotda «hukmronlik» o‘rnatish uchun harbiy-kosmik kuchlarga asos soldi
AQSh prezidenti Donald Tramp kosmik kuchlarni ta'sis etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
AQSh kosmik kuchlari mamlakatda 1947 yildan buyon tashkil etilgan birinchi yangi harbiy tuzilmadir. Uning 2020 yildagi faoliyati uchun 40 million dollar ajratildi.
Yangi qo‘shinlarga harbiy-havo kuchlaridan 16 ming nafar harbiy va mutaxassislar o‘tadi.
Boshqa qo‘shinlarga solishtirganda kosmik kuchlar tarkibidagi harbiylar soni ancha kam. Masalan, harbiy-havo kuchlari safida 300 mingdan ortiq, dengiz piyodalari korpusida 180 ming kishi xizmat qiladi.
Tramp AQShda harbiy-kosmik kuchlar paydo bo‘lishi haqida 2018 yil iyunda aytgandi. O‘shanda Amerika prezidenti koinot masalasi milliy xavfsizlik masalasiga kirishini, bu borada «Xitoy va Rossiya AQShdan o‘zib ketishini» istamasligini aytgandi.
«Biz koinotda Amerika hukmronligini ta'minlashimiz kerak», — degandi Tramp.
Mavzuga oid
10:20
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026