Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN Shimoliy Koreya AQShga qanday "rojdestvo sovg‘asi" tayyorlayotganini aniqladi
Shimoliy Koreya AQShga nisbatan keskin siyosat qabul qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi CNN o‘z manbasiga tayanib.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, KXDRning AQShga nisbatan yangi siyosati Pxenyan va'da qilgan rojdestvo sovg‘asi hisoblanadi. Ushbu siyosat Vashington bilan muzokaralardan voz kechish va Shimoliy Koreyaning yadroviy qurolga ega davlat maqomini mustahkamlashni o‘z ichiga olgan.
Pxenyan shuningdek endi iqtisodiy rivojlanishga erishish uchun sanksiyalarni yumshatishga urinmaydi, balki o‘z-o‘zini ta'minlash mafkurasiga sodiqlikni yanada kuchaytiradi.
Telekanal suhbatdoshining aytishicha, KXDR rahbari Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp impichment ishiga tushib qolgani uchun "kutish" rejimiga o‘tgan.
"Tahlilchilarning fikricha, Pxenyan Tramp bilan kelishuv imzolaganidan so‘ng u noyabrdagi saylovlarda yutqazadigan bo‘lsa, keyingi prezident bu kelishuvni tan olmasligidan xavotirlanmoqda", - deb qayd etdi telekanal.
Dekabr boshlarida KXDR tashqi ishlar vaziri Ri Txe Son AQShni denuklearizatsiya bo‘yicha muzokaralarni cho‘zishda va amerikalik siyosatchilarni bu muzokaralardan o‘z maqsadlarida foydalanishda aybladi.
"Rojdestvoga qanday sovg‘a olish Qo‘shma Shtatlarning o‘ziga bog‘liq", - deb qo‘shib qo‘ydi u.