Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya tashqi ishlar vaziri AQShning harakatlarini qaroqchilik deb atadi
Suriya hukumati AQShning ushbu mamlakatdagi tabiiy resurslarga nisbatan harakatlarini qaroqchilik deb baholaydi, dedi Suriya tashqi ishlar vaziri Volid Muallim.
"Suriya xalqining boyligini, neft boyliklarini o‘g‘irlashmoqda. Bu bilan AQSh shug‘ullanmoqda. Buni qaroqchilik deb hisoblaymiz, chunki bu quroldan foydalanish orqali amalga oshirilmoqda", dedi u.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, shu bilan birga Suriya Turkiya tomonidan zo‘ravonlikka uchramoqda.
"Turkiya bizning birligimiz va hududiy yaxlitligimizga tajovuz qilmoqda", - dedi Muallim.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Xoms hududidagi neftni qayta ishlash zavodiga Amerikaning At-Tanfdagi bazasidan amalga oshirilgan.
Avvalroq Suriya neft va mineral resurslar vazirligi Xomsdagi neftni qayta ishlash zavodiga terrorchilar dronlar yordamida hujum qilganini bildirgandi. Vazirlikning xabariga ko‘ra, hujum natijasida bir nechta qayta ishlash tizimi ishdan chiqqan.
Mavzuga oid
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026
Eron Bahrayn va Kuvaytdagi AQSh harbiy obektlarini nishonga oldi
12:20 / 08.07.2026