Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi saylov uchastkalaridan birida saylov qutisi sindirib tashlandi
22 dekabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 314-saylov uchastkasiga ovoz berish uchun kelgan shaxs saylov qutisining oynavand qobig‘ini tosh bilan urib sindirgan. Bu haqda Kun.uz’ga saylov uchastkasi raisi G‘anisher Qodirov ma'lum qildi.
Saylov qutisiga zarar yetkazgan shaxs huquq-tartibot idoralari tomonidan olib ketilgan, surishtiruv davomida uning ruhiy nosog‘lom ekani, muqaddam Afg‘on urushida qatnashib, kontuziya olgani aniqlangan.
14-Paxta saylov okrugi mutasaddilarining ta'kidlashicha, saylov qutisining oynasi sindirilgani bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, qutining singan qismiga mazkur hujjat yopishtirib qo‘yilgan va ovoz berish jarayoni davom ettirilgan.
14-Paxta saylov okrugi raisi Dildora Yakubovaning aytishicha, ro‘y bergan hodisaga oid barcha hujjat va ma'lumotlar prokuratura organlariga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
19:21 / 01.01.2026
Tuman hokimlari kengash raisi lavozimidan ketdi
10:11 / 29.12.2025
Kosovo saylovlari: hukmron partiya g‘alaba qozondi
23:38 / 26.12.2025
Zelenskiy ofisi Ukrainada saylov uchun pul yo‘qligini aytdi
19:17 / 19.12.2025