Lukashenko o‘g‘li unga Putinni o‘rnak qilib ko‘rsatishini aytdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko kichik o‘g‘li Nikolay unga Rossiya prezidenti Vladimir Putinni o‘rnak qilib ko‘rsatishi to‘g‘risida gapirdi.
— U tez-tez: "Ana ko‘ryapsizmi, prezident qanday ish tutishi kerak" deydi, — dedi Lukashenko "Exo Moskvi" radiostansiyasiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 15 yoshli Nikolay Putin bilan "ikki yoshligidan beri" tanish. Hatto bir marta u hokkey o‘yinida otasining emas, Putinning jamoasida o‘ynashni xohlagan.
Lukashenko o‘g‘lini oiladagi asosiy muxolifatchi deb atadi va Nikolay o‘zini tengdoshlaridan yuqori tutmasligini aytdi.
— Farzandlarim judayam intizomli va ehtiyotkor, farzandlarim bebosh emasligi mening baxtim. Bunga jiddiy e'tibor qarataman, — dedi Belarus prezidenti.
Mavzuga oid
20:49 / 11.11.2024
Belarus rasman BRIKS bo‘yicha sherik davlat maqomini oldi
22:17 / 07.11.2024
Lukashenko yana 31 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
14:30 / 05.11.2024
Lukashenko: RF Belarus orqali Polsha, Litva, Latviya va Ukrainaga hujum qilmoqchi emas
13:10 / 24.10.2024