Turkiya Liviyada Haftarni qo‘llab-quvvatlayotgan qator davlatlarni tanqid qildi

Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Qalin
Qator davlatlar, jumladan Rossiya, BAA va Misrning marshal Xalifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasiga harbiy ko‘mak berishi Liviyadagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bermaydi, dedi Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Qalin.
Turkiya parlamenti o‘tgan shanba kuni Tripolidagi hukumat bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an agarda Liviya hukumati iltimos bilan chiqadigan bo‘lsa, bu mamlakatga turk harbiylari yuborilishi mumkinligini aytgandi.
"Tripoliga apreldan buyon sulh bitimini buzgan holda hujum qilinmoqda. Bunga Turkiyadan boshqa hech kim e'tibor qaratmayapti. Rossiya, BAA, Misr u yerga tanklar, snaryadlar, boshqa qurollarni yubormoqda, Haftarni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bermaydi", - dedi Qalin.
U shuningdek, Turkiya parlamenti Liviyada mamlakat qurolli kuchlaridan foydalanish masalasini ko‘rib chiqishi mumkinligini aytdi.
"Dunyodagi hodisalarga muvofiq ravishda Liviyada Turkiya qurolli kuchlaridan foydalanishga ruxsat olish zarurati tug‘ilishi mumkin. Bu parlamentning vakolati. Ammo vaziyatga qarab bunday qaror qabul qilinishi mumkin, bu harbiylarni o‘qitish va gumanitar missiyalar bo‘lishi mumkin", - dedi Ibrohim Qalin.
U Turkiya parlamenti ana shunday qonun loyihasi ustida ish olib borayotganini qo‘shimcha qildi.
2011 yilda Liviya rahbari Muammor Qazzofiy o‘ldirilganidan keyin Liviya yagona davlat sifatidagi mavjudligini yo‘qotdi. Hozirda mamlakatda qo‘shhokimiyat hukm surmoqda. Sharqda xalq saylagan parlament, g‘arbda, poytaxt Tripolida esa BMT va Yevroittifoq qo‘llab-quvvatlashi ostida shakllantirilgan hukumat hokimiyat tepasida.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kursklik amaldor Putindan Sumi viloyatini bosib olishni so‘radi
Jahon | 15:13
-
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
Jahon | 14:56
-
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 14:52
-
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
Jahon | 14:45
Mavzuga oid

20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi

19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi

13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV

09:57 / 13.05.2025