22:26 / 25.12.2019
0
9065

O‘n yil davomida eng muvaffaqiyatli milliarderlarning boyligi yarim trillion dollarga ko‘paydi

Uorren Baffet tasodifan Nebraska universitetida sotib olgan kitobdan o‘rgangan «aksiyalarni sotib ol va umrbod saqla» degan investitsiyaviy falsafa tarixdagi eng muvaffaqiyatli strategiyalardan biri ekanligi ma'lum bo‘ldi, deb yozadi Forbes.

2006 yildan buyon  Berkshire Hathaway aksiyalar paketini xayriya tashkilotlariga berayotgan bo‘lishiga qaramasdan (jami 34 mlrd dollarlik aktivlar), u 2019 yilni 89 mlrd dollar boylik bilan yakunlamoqda. Bu 2010 yildagiga qaraganda 42 mlrd dollarga ko‘pdir. Baffet Berkshire’ning birorta ham aksiyasini sotmagan va boyligining 98 foizga yaqini kompaniya aksiyalariga to‘g‘ri keladi.

«Umrbod saqlash» strategiyasi o‘n yillikning boshqa milliarderlari uchun ham qo‘l kelgan: ular 2010 yildan beri kamida 40 mlrd dollarga boyigan. Hammasi bo‘lib, o‘n nafar yetakchi milliarderning boyligi 555 mlrd dollarga oshgan. Ular ham Baffet singari kompaniyalar aksiyalari paketlarini o‘zlarida saqlab qolishgan.

Ana shu strategiyaga amal qilganlardan biri Microsoft kompaniyasining sobiq ijrochi direktori Stiv Balmerdir. «Mening tomirimda 34 yildan beri Microsoft oqadi va doim shunday bo‘lib qoladi», – dedi Balmer kompaniya rahbarligini tark etganidan keyin. «Kompaniya yangi cho‘qqilarni zabt etadi. Men bundan faxrlanaman va aksiyalarga egaligim tufayli yutuqda qolaman», — deb qo‘shib qo‘ydi u.

Eng muvaffaqiyatli o‘n biznesmendan sakkiztasi boyliklarining 80 foizdan ortig‘iga o‘zlari asos solgan yoki rahbarlik qilgan kompaniyalar aksiyalari tufayli erishishgan. Ular qatoriga nafaqat Balmer va Baffet, balki Facebook asoschisi Mark Tsukerberg, LVMH asoschisi Bernar Arno va Amazon asoschisi Jyeff Bezos kiradi. Hattoki tarixdagi eng qimmat ajrashishni boshidan kechirgan Bezos 2010 yildan buyon 97,4 mlrd dollarga boyigan. O‘n yillik boshida u eng boylar reytingida 43-o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, hozirda dunyoning eng boy kishisi hisoblanadi.

Sobiq o‘qituvchi Jyek Ma boyligining 60 foizi u asos solgan Alibaba kompaniyasi aksiyalariga to‘g‘ri keladi. Boyligining 9 foizi Ant Financial sho‘'ba kompaniyasi hissasidan iborat. Xitoyning eng boy kishisiga aylangan Ma o‘n yil avval 1,2 mlrd dollarga ega bo‘lgan.

Boyligining katta qismini bir kompaniya aksiyalarida saqlamaydigan ushbu ro‘yxatdan joy olgan yagona milliarder Bill Geytsdir. U Microsoft aksiyalarining bir qismini sotib yoki berib yuborgan va diversifikatsiyalangan investitsiya imperiyasiga asos solgan. O‘n yil davomida u 54,6 mlrd dollarga boyigan.

Jyeff Bezos

Jyeff Bezos

Plyus $97,4 mlrd

2010 yildagi boyligi: $12,3 mlrd

2019 yildagi boyligi: $109,7 mlrd

Boyligi manbai: Amazon

Bernar Arno

Bernar Arno

Plyus $80,2 mlrd

2010 yildagi boyligi: $27,5 mlrd

2019 yildagi boyligi: $107,7 mlrd

Boyligi manbai: LVMH

Mark Tsukerberg

Mark Tsukerberg

Plyus $68 mlrd

2010 yildagi boyligi: $4 mlrd

2019 yildagi boyligi: $72 mlrd

Boyligi manbai: Facebook

Bill Geyts

Bill Geyts

Plyus $54,6 mlrd

2010 yildagi boyligi: $53 mlrd

2019 yildagi boyligi: $107,6 mlrd

Boyligi manbai: Microsoft

Amansio Ortega

Amansio Ortega

Plyus $49,9 mlrd

2010 yildagi boyligi: $25 mlrd

2019 yildagi boyligi: $74,9 mlrd

Boyligi manbai: Inditex  

Larri Peyj

Larri Peyj

Plyus $43,5 mlrd

2010 yildagi boyligi: $17,5 mlrd

2019 yildagi boyligi: $61 mlrd

Boyligi manbai: Alphabet

Uorren Baffet

Uorren Baffet

Plyus $41,8 mlrd

2010 yildagi boyligi: $47 mlrd

2019 yildagi boyligi: $88,8 mlrd

Boyligi manbai: Berkshire Hathaway

Stiv Balmer

Stiv Balmer

Plyus $41,8 mlrd

2010 yildagi boyligi: $14,5 mlrd

2019 yildagi boyligi: $56,3 mlrd

Boyligi manbai: Microsoft

Sergey Brin

Sergey Brin

Plyus $41,3 mlrd

2010 yildagi boyligi: $17,5 mlrd

2019 yildagi boyligi: $58,8 mlrd

Boyligi manbai: Alphabet

Jyek Ma

Jyek Ma

Plyus $40,8 mlrd

2010 yildagi boyligi: $1,2 mlrd

2019 yildagi boyligi: $42 mlrd

Boyligi manbai: Alibaba

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top