Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Rossiyada halok bo‘lgan 3 nafar o‘zbekistonlik bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yil 8 dekabr kuni Yamalo-Nenetsk avtonom okrugi Tazov tumani Pyakyaxin konida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida vafot etgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarolarining shaxsini aniqlash bilan bog‘liq barcha protsessual jarayonlar, konsullik-huquqiy masalalar va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish yakunlandi.
Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotida aytilishicha, hamyurtlarimizning jasadlari O‘zbekistonga yuborildi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan oblasti, Sverdlovsk oblasti, Tyumen oblasti, Chelyabinsk oblasti, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.
Bundan oldin, Rossiyadagi konda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026