Özbekistonning Yekaterinburg şahridagi boş konsulxonasi FVVning Sverdlov viloyatidagi vakolatxonasiga tayanib ma'lum qilişiça, 2019 yil 8 dekabr kuni ertalab soat 6:45da Yamalo-Nenetsk avtonom okrugi Tazov tumani Pyakyaxin konida sodir bölgan yonğin oqibatida 3 nafar Özbekiston fuqarosi A.E., E.D. va A.S. vafot etdi, hamyurtimiz T.A. kuyib şifoxonaga joylaştirildi.
Taşqi işlar vazirligi xabarida aytilişiça, ayni paytda tegişli organlar tomonidan tergov tadbirlari ötkazilmoqda.
Boş konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva şahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuboriş bilan boğlik konsullik-huquqiy, taşkiliy va boşqa masalalar bilan şuğullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan oblasti, Sverdlovsk oblasti, Tyumen oblasti, Çelyabinsk oblasti, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Yekaterinburg şahridagi boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.

















