Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 13 nafar ichki ishlar xodimiga nisbatan keskin intizomiy choralar ko‘riladi
Joriy yilning 25 dekabr kuni Andijon viloyati IIBda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonunchilik, huquqbuzarlik hamda xizmat intizomi buzilishi, shuningdek kelgusida xodimlar tomonidan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Andijon viloyati IIB axborot xizmatiga ko‘ra, majlisda ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik R.Hotamov va IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i qatnashdi.
IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i majlisda so‘zga chiqib, xodimlar orasida tartib intizomni mustahkamlashda rahbarlarning ko‘l ostidagi xodimlarini kundalik nazorat qilishi lozimligini, xodimlar ustidan idoraviy nazorat o‘rnatilmasa, qayerda tartib-intizom bo‘lmasa o‘sha yerda oldinga siljish, yaxshi natijalarga erishib bo‘lmasligi alohida ta'kidlab o‘tdi.
Yig‘ilish davomida xizmat faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l quygan 2 nafar xodimlar ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatildi.
Shuningdek, 13 nafar xodimga nisbatan keskin intizomiy ravishda jazolash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Majlis yakunida vazir o‘rinbosari respublika ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik buzilishi holatlarini muhokama etib, kelgusida bu kabi salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi.
Bundan oldin, Farg‘onada qator ichki ishlar xodimlari ishdan olingani, 68 nafar xodim ogohlantirilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
08:51 / 20.06.2026
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026