Farğonada Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri örinbosari hamda Öz xavfsizlik boşqarmasi boşliği iştirokida içki işlar boşqarmasi va hududiy bölinmalarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan xizmat intizomi va qonunçilikni mustahkamlaş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Yiğilişni viloyat içki işlar boşqarmasi boşliği, polkovnik Rahmat Mamatov boşqarib bordi. Unda kun tartibidagi masala – xodimlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar, xizmat intizomining buzilişi, şuningdek, kelgusida xodimlar örtasida salbiy holatlarning oldini oliş borasida atrofliça söz yuritildi.

Tanqidiy va tahliliy ruhda ötgan yiğilişda faoliyatida xato va kamçiliklarga yöl qöygan ayrim xodimlarga nisbatan turli xil intizomiy ta'sir çoralari körildi. Masalan, faoliyatida keçirib bölmas xatoga yöl qöygan 2 nafar xodimni içki işlar organlari safidan böşatiş, 2 nafar xodimni xatti-harakatiga intizomiy jazo sifatida maxsus unvonini bir poğonaga pasaytiriş böyiça taklif kiritildi. Xizmat intizomi va qonunçilikni buzişga moyil 10 nafar xodimning faoliyatini intizomiy kengaşlarda muhokama qilib, ularni içki işlar organlarida qoliş-qolmaslik masalasini hal etiş böyiça topşiriqlar berildi. 2 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 6 nafar xodimga qattiq hayfsan berildi. 68 nafar xodim esa ogohlantirildi.

Şuningdek, tadbir jarayonida öz burçi va qasamyodiga sodiq qolib, jinoyatçilikning oldini olgan 2 nafar xodimga pul mukofoti, ularning ota-onasiga esa taşakkurnomalar taqdim qilindi. 10 nafar xodimga esa oilaviy şaroitini yaxşilaş uçun moddiy kömak körsatildi.