Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda internetda qonunga xilof postlar joylagani uchun 120dan ortiq kishi hibsga olindi
Foto: REUTERS
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida internetda qonunga xilof faoliyat olib borgani uchun 120dan ortiq kishi hibsga olindi.
"Ijtimoiy tarmoqlardan buzg‘unchilik mazmunidagi materiallarni joylagani uchun 124 kishi hibsga olindi. Ijtimoiy tarmoqlardagi 19 ming 409 ta postga nisbatan chora ko‘rildi. Ulardan 9372 tasi Twitter, 9856 tasi Facebook va 181tasi YouTube’da joylashtirilgan", - deyiladi shtat politsiyasi bayonotida.
NDTV telekanalining xabar berishicha, ushbu shtatning 75ta okrugidan 21tasida internet o‘chirib qo‘yilgan.
Uttar-Pradesh shtati hukumatining xabariga ko‘ra, ushbu choralar yangi ommaviy tartibsizliklar xavfi sababli ko‘rilmoqda.
15 dekabr kuni Hindiston parlamenti Pokiston, Bangladesh va Afg‘onistondan kelgan diniy ozchilik vakillariga fuqarolik berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilgandi. Mamlakatda buning ortidan tartibsizliklar va ommaviy namoyishlar boshlandi.
Uttar-Pradesh shtatida tartibsizliklar natijasida uch kun ichida 21 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan.
Mavzuga oid
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
21:23 / 28.01.2026
Nipah virusi Osiyo mamlakatlarini Hindistondan kelayotgan yo‘lovchilarni tekshirishga majbur qildi
07:23 / 28.01.2026
Infografika: 2026 yilda G20'da eng tez o‘sish Hindistonda
02:10 / 25.01.2026