Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank xalqaro pul o‘tkazmalari ishlamayotgani bo‘yicha izoh berdi
Markaziy bank axboroti xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari bayram oldi kunlari faoliyat yuritmayotgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib, xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari faoliyati yuzasidan izoh berdi.
«Ayrim banklardagi xalqaro pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq yangi yil oldi uzilishi holatlari, xorijiy davlatlardagi bayram ta'tillari munosabati bilan xalqaro pul o‘tkazmalari operatorlarining cheklangan faoliyati bilan izohlanadi.
Banklar tomonidan aholiga xalqaro pul o‘tkazmalari faoliyatidagi uzilishlariga oid e'lonlar amalda oldindan berib boriladi.
Ta'kidlash joizki, amaliyotda xalqaro pul o‘tkazmalari yangi yil oldi bayram kunlari faoliyat yuritmasligi odatiy hol bo‘lib, ushbu holat har yil yakunida kuzatiladi.
Shu bilan birga hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilish va xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida, ayrim banklar tomonidan onlayn xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati yo‘lga qo‘yilgan va ulardan masofadan turib istalgan vaqtda mobil dasturlar orqali foydalanish imkoniyati yaratilganligini qayd etamiz», deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq Kun.uz saytida banklarda xalqaro pul o‘tkazmalari ishlamayotgani, ko‘pchilik sarson bo‘lib uyga quruq qaytayotgani haqida murojaat e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026