Jamiyat | 21:30 / 02.01.2020
31241
2 daqiqa o‘qiladi

Chinozda qo‘lbola paqildoq maktab o‘quvchisining o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

Pirotexnika vositalaridan foydalanish natijasida tan jarohati olish, yong‘in kelib chiqishi, hatto o‘lim bilan bog‘liq baxsiz hodisalar ham yuz berishi mumkin.

Ana shunday baxsiz hodisa bir oilaning farzandi hayotdan ko‘z yumishiga olib keldi, deb yozadi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi.

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida 1 yanvar soat 16.30 larda Yangi MFY Barhayot ko‘chasida yashovchi H. E., shu MFY Bo‘ston ko‘chasida yashovchi S. A., Islomobod ko‘chasida yashovchi B. M. (barchasi 1999 yilda tug‘ilgan) Sarbozor ko‘chasida temir quvurga qo‘lbola usulda oltingugurt va magma aralashmasini solib yoqishgan vaqtida temir quvur shu yerda bo‘lgan 1-sonli o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 2004 yilda tug‘ilgan S. G‘.ga kelib tegadi. Oqibatda u jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan.

H.E., S. A. va B. M. qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 2501-moddasi 3-qismi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid