Toşkent viloyati Çinoz tumanida fuqaro Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan loçinlarni noqonuniy ravişda saqlayotgani aniqlandi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi xabariga köra, u hayvonot dunyosiga yetkazilgan 620 million 884 ming sömlik zararni jarima sifatida tölaydi.
Ötkazilgan reyd tadbirlari natijasida Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi quşlar turiga mansub bir dona Sapsan va bir dona Jiğoltoy loçini noqonuniy ravişda uşlanib, panjarali qafasda tutqunlikda saqlanayotgani ma’lum bölgan.
Quşlar huquqbuzardan olib qöyilib, vaqtinça saqlaş uçun Toşkent hayvonot boğiga topşirilgan.
Qayd etilişiça, «Ov qiliş va ovçilik xöjaligi töğrisida»gi, «Hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida»gi hamda «Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida»gi qonunlar buzilgan. Natijada hayvonot dunyosiga 620 million 884 ming söm zarar yetkazilgan.
Iş yuzasidan yiğilgan barça hujjatlar holatga huquqiy baho beriş va tegişli çora köriş uçun Boş prokuraturaga yuborilgan.

















