Toşkent viloyati Çinoz tumanida poyezd vagonlari relsdan çiqib ketdi. Bu haqda «Özbekiston temiryöllari» xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 27 sentabr kuni soat 21:30 da Çinoz tumani «Rasulobod» MFY, Olmazor stansiyasi hududidagi Jizzax-Toşkent tovar poyezdining sut yoğlari ortilgan ikkita vagoni relsdan çiqib ketgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq.
Voqea joyiga tuman FVB rahbariyati, TBX navbatçi smenasi va tegişli xizmatlar jalb etilgan. Holat böyiça suriştiruv işlari olib borilmoqda. Hozirda poyezd harakati töliq tiklangan.
2024 yil may oyida Toşkent viloyatining Angren tumani hududida ham yuk vagonlari relsdan çiqib ketgandi. «Çirçiq savdo baraka» MÇJga tegişli bölgan şoxobça temiryölida xodimlari vagonlardan yuk tuşiriş vaqtida temiryöl qurilmasi «lebyodka» işlaş texnologiyasiga rioya qilmagani ma’lum bölgandi.

















