Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay aeroportida tinimsiz yomg‘ir sababli o‘nlab reyslar kechiktirildi
Birlashgan Arab Amirliklarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli Dubay xalqaro aeroportida o‘nlab reyslar kechiktirildi. Bu haqda BAA aeroportlar boshqarmasi xabar qildi.
"Shanba tongidan beri davom etayotgan yomon ob-havo sharoiti Dubay xalqaro aeroportining faoliyatiga ta'sir ko‘rsatmoqda. Kun davomida reyslar kechiktirilishi kuzatiladi. Ayrim reyslar bekor qilindi yoki Dubay janubidagi DWC aeroportiga yo‘naltirildi", - boshqarma xabarida.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari joylashtirgan videolavhalarda Dubay aeroportidagi samolyotlar korpusi suvga tegib turgani aks etgan.
BAA milliy meteorologiya markazi yomg‘ir kun oxirigacha yog‘ishini ma'lum qildi va aholiga zaruriyat bo‘lmasa uydan chiqmaslik hamda mashina minmaslikni tavsiya qildi.
Mavzuga oid
09:40 / 15.06.2026
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
09:30 / 15.05.2026
Bahor salqin va seryog‘in keldi. Nahotki urush sabab?
22:02 / 06.05.2026