13:18 / 14.01.2020
0
18170

«Oskar-2020»: «Joker», «Irlandiyalik», «1917» va boshqa favoritlar

2019 yilning eng yaxshi filmi bo‘lish uchun «Ford Ferrariga qarshi», «Irlandiyalik», «Quyon Jojo», «Joker», «Kichik ayollar», «Nikoh tarixi», «1917», «Bir kuni… Hollivudda» va «Parazitlar» filmlari da'vogarlik qiladi.

Amerika kinoakademiyasi «Oskar-2020» mukofoti uchun nomzodlarni e'lon qildi. Taqdirlash marosimi 9 fevral kuni Los-Anjyelesdagi «Dolbi» teatrida o‘tkaziladi. 

Marosim o‘tgan yil bo‘lgani kabi bu yil ham boshlovchisiz o‘tadi. «Oskar» boshlovchisiz o‘tishi tarixda uchinchi bor va qatorasiga ikkinchi yil sodir bo‘lmoqda. 2019 yili ushbu mukofotning topshirish marosimi komik Kevin Xart eski tvitlari bilan bog‘liq mojarolardan so‘ng ishtirok etishdan bosh tortganidan so‘ng boshlovchisiz qolgandi. Bungacha marosim faqat 1989 yilda boshlovchisiz o‘tgan.

G‘oliblik uchun eng ko‘p nomzodi qo‘yilgan filmlar «Joker» (11), «Irlandiyalik», «Bir kuni… Hollivudda» va «1917» (10) filmlari bo‘ldi.

Netflix striming xizmati «Irlandiyalik», «Ikki papa», «Nikoh tarixi» va «Yulduzlarga» kartinalari orqali 20dan ortiq nominatsiyada ishtirok etgan.

Eng yaxshi film

  • «Ford Ferrariga qarshi» (Ford v Ferrari);
  • «Irlandiyalik» (Irishman);
  • «Quyon Jojo» (Jojo Rabbit);
  • «Joker» (Joker);
  • «Kichik ayollar» (Little Women);
  • «Nikoh tarixi» (Marriage Story);
  • «1917»;
  • «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood);
  • «Parazitlar» (Parasite).

Eng yaxshi rejissyor

  • Martin Skorseze — «Irlandiyalik» (Irishman);
  • Todd Fillips — «Joker» (Joker);
  • Sem Mendes — «1917»;
  • Kventin Tarantino — «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood);
  • Pon Jun-xo — «Parazitlar» (Parasite).

Eng yaxshi aktyor

  • Antonio Banderos — «Azob va sharaf» (Dolor y gloria);
  • Leonardo DiKaprio — «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood);
  • Adam Drayver — «Nikoh tarixi» (Marriage Story);
  • Xoakin Feniks — «Joker» (Joker);
  • Djonatan Prays — «Ikki papa» (The Two Popes).

Eng yaxshi aktrisa

  • Sintiya Erivo — «Hariyett» (Harriet);
  • Skarlet Yoxansson — «Nikoh tarixi» (Marriage Story);
  • Sirsha Ronan — «Kichik ayollar» (Little Women);
  • Sharliz Teron — «Mojaro» (Bombshell);
  • Rene Zelvegger — «Judi» (Judy).

Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor

  • Tom Henks — «Qo‘shnichilikdagi ajoyib kun» (A Beautiful Day in the Neighborhood);
  • Entoni Hopkins — «Ikki papa» (The Two Popes);
  • Al Pachino — «Irlandiyalik» (Irishman);
  • Jo Peshi — «Irlandiyalik» (Irishman);
  • Bred Pitt — «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood).

Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa

  • Keti Beyts — «Richard Juell ishi» (Richard Jewell);
  • Lora Dern — «Nikoh tarixi» (Marriage Story);
  • Skarlett Yoxansson — «Quyon Jojo» (Jojo Rabbit);
  • Florens Pyu — «Kichik ayollar» (Little Women);
  • Margo Robbi — «Mojaro» (Bombshell).

Eng yaxshi adaptatsiya qilingan ssenariy

  • Stiven Zilian — «Irlandiyalik» (Irishman);
  • Tayka Vaytiti — «Quyon Jojo» (Jojo Rabbit);
  • Todd Fillips va Skott Silver — «Joker» (Joker);
  • Greta Gervig — «Kichik ayollar» (Little Women);
  • Entoni MakKarten — «Ikki papa» (The Two Popes).

Eng yaxshi original ssenariy

  • Rayan Jonson — «Pichoqlarni oling» (Knives Out);
  • Noa Baumbak — «Nikoh tarixi» (Marriage Story);
  • Sem Mendes va Kristi Uilson-Keyrns — «1917»;
  • Kventin Tarantino — «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood);
  • Pon Jun-xo — «Parazitlar» (Parasite).
«Parazitlar» filmidan kadr

Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film

  • «Qiz» (Doch);
  • «Sochga muhabbat» (Hair Love);
  • «Kitbul» (Kitbull);
  • «Memorabl» (Memorabl);
  • «Sister» (Singil).

Eng yaxshi qisqa metrajli film

  • «Birodarlik» (Brotherhood);
  • «Nefta» futbol klubi» (Nefta Football Club);
  • «Qo‘shni deraza» (The Neighbors' Window);
  • «Sariya» (Saria);
  • «Singil» (Sister).

Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film

  • «Yo‘qlikda» (Absentia);
  • «Hayot meni zabt etdi» (Life Overtakes Me);
  • «Bor, chop, cha-cha» (Walk Run Cha-Cha);
  • «Urushda skeytbordda uchishni o‘rganish (agar qizaloq bo‘lsang)» (Learning to Skateboard in a Warzone (If You`re a Girl));
  • «Sent-Luislik supermen» (St. Louis Superman).

Eng yaxshi operatorlik ishi

  • Rodrigo Priyeto — «Irlandiyalik» (Irishman);
  • Lourens Sher — «Joker» (Joker);
  • Jarin Blashke — «Mayoq» (The Lighthouse);
  • Rojyer Dikins — «1917»;
  • Robert Richardson — «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood).
«Bir kuni... Hollivudda» filmidan kadr

Eng yaxshi montaj

  • «Ford Ferrariga qarshi» (Ford v Ferrari);
  • «Irlandiyalik» (Irishman);
  • «Quyon Jojo» (Jojo Rabbit);
  • «Joker» (Joker);
  • «Parazitlar» (Parasite).

Eng yaxshi vizual effektlar

  • «Qasoskorlar: Intiho» (Avengers: Endgame);
  • «Irlandiyalik» (Irishman);
  • «Qirol sher» (The Lion King);
  • «1917»;
  • «Yulduzlar jangi. Skayuoker. Chiqish» (Star Wars: Episode IX - The Rise of Skywalker)..

Eng yaxshi liboslar

  • «Irlandiyalik» (Irishman);
  • «Quyon Jojo» (Jojo Rabbit);
  • «Joker» (Joker);
  • «Kichik ayollar» (Little Women);
  • «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood).

Eng yaxshi grim

  • «Mojaro» (Bombshell);
  • «Joker» (Joker);
  • «Judi» (Judy);
  • «Malefisenta» (Maleficent);
  • «1917».
«1917» filmidan kadr

Xorij tilidagi eng yaxshi film

  • «Masihning tanasi» (Boze Cialo) (Polsha);
  • «Asal o‘lkasi» (Honeyland) (Makedoniya);
  • «Xo‘rlanganlar» (Les Misérables) (Fransiya);
  • «Azob va sharaf» (Dolor y gloria) (Ispaniya);
  • «Parazitlar» (Parasite) (Janubiy Koreya).

Eng yaxshi animatsion film

  • «Ajdahoni qanday o‘rgatish kerak 3» (How to Train Your Dragon: The Hidden World);
  • «O‘z tanamni yo‘qotdim» (J'ai perdu mon corps);
  • «Klaus» (Klaus);
  • «Yo‘qolgan halqa» (Missing Link);
  • «O‘yinchoqlar tarixi 4» (Toy Story 4).

Eng yaxshi hujjatli film

  • «Amerika fabrikasi» (American Factory);
  • «G‘or» (The Cave);
  • «Demokratiya qirg‘og‘ida» (The Edge of Democracy);
  • «Samalar uchun» (For Sama);
  • «Asal o‘lkasi» (Honeyland).

Eng yaxshi postanovkachi rassom ishi

  • «Irlandiyalik» (Irishman);
  • «Quyon Jojo» (Jojo Rabbit);
  • «1917»;
  • «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood);
  • «Parazitlar» (Parasite).

Eng yaxshi saundtrek

  • «Joker» (Joker);
  • «Kichik ayollar» (Little Women);
  • «Nikoh tarixi» (Marriage Story);
  • «1917»;
  • «Yulduzlar jangi. Skayuoker. Chiqish» (Star Wars: Episode IX - The Rise of Skywalker).

Eng yaxshi qo‘shiq

  • «O‘yinchoqlar tarixi 4» (Toy Story 4) — I Can't Let You Throw Yourself Away;
  • «Roketmen» (Rocketman) — (I'm Gonna) Love Me Again;
  • «Yorib o‘tish» (Breakthrough) — I'm Standing With You;
  • «Muzyurak 2» (Frozen II) — Into the Unknown;
  • «Harriyet» (Harriet) — Stand Up.

Eng yaxshi ovoz

  • «Yulduzlarga» (Ad Astra);
  • «Ford Ferrariga qarshi» (Ford v Ferrari);
  • «Joker» (Joker);
  • «1917»;
  • «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood).

Eng yaxshi ovoz montaji

  • «Ford Ferrariga qarshi» (Ford v Ferrari);
  • «Joker» (Joker);
  • «1917»;
  • «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood);
  • «Yulduzlar jangi. Skayuoker. Chiqish» (Star Wars: Episode IX - The Rise of Skywalker).
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top