Mukofotning tvitterdagi sahifasida xabar qilinişiça, britaniyalik rejissyor Sem Mendesning «1917» nomli filmi ötgan yilning eng yaxşi dramatik filmi deya e'tirof etildi. «1917» filmi Birinçi jahon uruşi vaqtida ölimga olib boradigan topşiriq olgan ikki askar taqdiri haqida hikoya qiladi.

Uşbu nominatsiya böyiça ğoliblik uçun Noy Baumbaxning «Nikoh tarixi», Fernando Ferreyra Meyrellesning «Ikki papa», Todd Fillipsning «Joker» va Martin Skorsezening «Irlandiyalik» filmlari ham da'vogarlik qilgandi.

Foto: Reuters

Sem Mendesning özi esa «Eng yaxşi rejissyor» sifatida tengsiz deya topilgan.

Sem Mendes / Foto: Getty Images

Ötgan yilda katta maşhurlikka erişgan «Çernobil» teleseriali «Eng yaxşi teleserial va telefilm» nominatsiyasida birinçi böldi.

Rejissyor Yohann Renkning «Çernobil» serialida 1986 yili Çernobil AESda röy bergan avariya voqealari tasvirlangan. Filmda boş rollarni Emili Uotson, Stellan Skarsgard va Jared Harris ijro etişgan.