O‘zbekiston | 21:35 / 18.01.2020
3445
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida MDH iqtisodiy kengashi huzuridagi iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

17 yanvar kuni mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Iqtisodiy kengashi huzuridagi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiyaning (IMK) joriy yildagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining MDHga 2020 yildagi raisligi bilan bog‘liq masalalarga muhim e'tibor qaratildi.

“IMK a'zolari tomonidan yig‘ilish kun tartibiga asosan innovatsion hamkorlik, tovarlarni markirovkalash, standartlash sohasidagi 7 ta masala hamda 2021 yilda MDHda Arxitektura va shaharsozlik yiliga bag‘ishlangan tadbirlar rejasi loyihasi ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda.

MDH Iqtisodiy kengashi va MDH Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishlari kun tartibi ham kelishib olindi.

Komissiyaning keyingi yig‘ilishi 19 fevral kuni Moskva shahrida o‘tkaziladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid