Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin prezidentning hokimiyat tepasida cheksiz turishiga qarshi chiqdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda faxriylar bilan uchrashuv vaqtida davlat rahbarining hokimiyat tepasida cheksiz turishiga qarshi chiqdi.
Putin bu haqda prezident vakolatini muddat bilan cheklamaslikni taklif qilgan faxriyga javobida aytdi. Faxriyning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarining vakolatini uzaytirish yoki lavozimidan bo‘shatishni xalq hal qilishi lozim.
Rossiya prezidenti bu taklif nima bilan bog‘liq ekanligini tushunib turganini aytdi.
«Bu aksariyat odamlarimizning jamiyat va davlatdagi barqarorlik: tashqi va ichki barqarorlik uchun xavotirlanishi bilan bog‘liq», — dedi Putin.
So‘ngra u 1980-yillar o‘rtalaridagi «davlat rahbarlari birin-ketin umrining oxirigacha hokimiyat tepasida turgan, hokimiyat transformatsiyasi uchun zarur sharoitlarni yaratmasdan ketgan» vaziyatni yodga oldi.
«1980-yillar o‘rtalarida mavjud bo‘lgan bunday vaziyatga qaytmagan ma'qul», — dedi Putin.
Dekabr oxirida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Vladimir Putin konstitutsiyadagi prezidentlik hokimiyati muddatini cheklash to‘g‘risidagi moddadan «ketma-ket» degan so‘zni chiqarib tashlashni taklif qilgandi.
Mavzuga oid
16:08
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
07:50 / 23.01.2026
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
13:48 / 20.01.2026