Jahon | 16:25 / 20.01.2020
14401
1 daqiqa o‘qiladi

2019 yilda KXDRdan Janubiy Koreyaga qochib o‘tuvchilar soni rekord darajada kamaydi

Foto: REUTERS

2019 yilda janubga qochib o‘tgan Shimoliy Koreya fuqarolari soni keyingi 20 yilda rekord darajada oz bo‘ldi. Bu haqda Janubiy Koreyaning birlashish ishlari bo‘yicha vazirligiga tayanib Channel NewsAsia telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 2019 yilda Janubiy Koreyaga 1047 shimoliy koreyalik qochib o‘tgan, 1948 yildan buyon esa janubga qochib o‘tgan KXDR fuqarolari soni 33,5 ming nafarni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreyadan qochib o‘tganlarning 81 foizi ayollardir. Telekanalning bildirishicha, KXDRda ayollar har doim ham rasmiy ishda ishlamaganligi sababli qo‘shni davlatga qochib o‘tish ular uchun unchalik qiyin emas.

Janubiy Koreyaga eng ko‘p shimolliklar qochib o‘tishi 2009 yilda qayd etilgan – 2914 nafar. 2011 yilda hukumat tepasiga Kim Chen In kelganidan beri bu raqam pasayib bormoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid