Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 1200dan oshdi
Turkiya sharqida yuz bergan zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 1243 kishiga yetdi. Bu haqda Turkiyaning favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar bo‘yicha boshqarmasi (AFAD) ma'lum qildi.
Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, eng ko‘p jabrlanganlar Elyazig‘ (843) va Malatya (226) viloyatlarida bo‘lgan. Bundan tashqari, Diyorbakir, Shonliurfa, Adiyaman, Qahramonmarash, Botmon viloyatlarida ham jabrlanganlar bor.
Tabiiy ofat yuz bergan hududda 3,7 mingga yaqin qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Qayd etilishicha, zilzila natijasida 30 ta bino vayron bo‘lgan va 81 ta binoga kuchli zarar yetgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 29 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026