Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Afg‘onistonda qulagan samolyotda Sulaymoniyni o‘ldirish amaliyotiga boshchilik qilgan MRB ofitseri bo‘lgan

27 yanvar kuni Afg‘onistonning G‘azni viloyatidagi samolyot qulashi oqibatida AQSh markaziy razvedka byurosi ofitseri, tashkilotning Eron, Iroq va Afg‘onistondagi operatsiyalarida faol qatnashgani aytiladigan Maykl D’Andrea ham halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Eron telekanallariga tayanib «BBC Monitoring» yozmoqda.
Eron telekanallarida aytilishicha, Maykl D’Andreaning laqabi «oyatulloh Maykl» bo‘lgan. U Yaqin Sharq harbiy vakillari orasida mashhur bo‘lgan.
Eronliklarning ma'lum qilishicha, D’Andrea 3 yanvar kuni general Qosim Sulaymoniyni o‘ldirish operatsiyasiga boshchilik qilgan.
27 yanvar kuni Afg‘onistonning markaziy qismida, «Tolibon» harakati nazoratida bo‘lgan hududda samolyot qulab tushgan edi. Dastlabki xabarlarda bu samolyot Ariana Afghan Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti bo‘lgani, uning bortida 100 nafardan ortiq kishi bo‘lgani haqida aytilgandi.
Ko‘p o‘tmay «Tolibon» vakillari G‘aznida razvedka ishlarini olib borayotgan samolyotni Deh-Yak tumani hududida urib tushirishganini ma'lum qildi.
AQSh harbiy qo‘mondonligi Afg‘onistonda qulagan Bombardier E-11A samolyoti amerikalik harbiylarga tegishli bo‘lganini tasdiqlagan holda u dushman tomonidan urib tushirilgani borasida fakt yo‘qligini ma'lum qildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir-yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi

12:15 / 18.07.2025
Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi

16:42 / 14.07.2025