Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Afg‘onistonda xavfsizlik o‘rnatildi, giyohvandlik moddalari ishlab chiqarish to‘xtatildi, korrupsiyaga barham berildi, dedi mamlakat vaziri.
Afg‘oniston Islom Amirligi (AIA, Afg‘onistonning tan olinmagan hukumati o‘z davlatini shunday nomlaydi) Axborot va madaniyat vaziri Xayrulla Xayrxva «Tolibon» hukumatini rasmiy xalqaro tan olish uchun barcha shartlar bajarilganini aytdi. Bu haqda Afghanistan International xabar berdi.
«Afg‘oniston hukumati Dohada Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga muvofiq rasmiy xalqaro tan olinishi uchun zarur bo‘lgan barcha shartlarni bajardi», dedi afg‘on rasmiysi 2020 yilgi kelishuvlarga ishora qilib.
Shuningdek, u AIA rasman tan olinishi mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini va, xususan, xorijdan sarmoya jalb etishda yordam berishini ta’kidladi. Xayrxva xalqaro hamjamiyatni Rossiyadan o‘rnak olishga va haqiqiy vaziyatni qabul qilishga chaqirdi.
«Afg‘onistonda xavfsizlik o‘rnatildi, giyohvandlik moddalari ishlab chiqarish to‘xtatildi, korrupsiyaga barham berildi», dedi vazir va bu yutuqlar nafaqat mamlakatning o‘zi, balki butun dunyo uchun muhim ekanini ta’kidladi.
Xayrxva, shuningdek, bir qancha davlatlar AIA bilan hamkorlik qilayotganini va uning hukumatini tan olishga yaqin ekanini ta’kidladi. Vazirning aytishicha, amaldagi ma’muriyat so‘nggi o‘n yilliklarda birinchi marta butun mamlakat bo‘ylab barqaror markazlashgan hokimiyatni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.
Rossiya hozircha AIAni rasman tan olgan yagona davlatdir. Ayni vaqtda Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, O‘zbekiston va Pokiston Kobulga o‘z elchilarini tayinlagan.
Xayrxvaning bunday bayonotlariga qaramay, aksariyat hukumatlar va xalqaro tashkilotlar «Tolibon»ni tan olish uchun asosiy shartlarni bajara olmadi, deb hisoblaydi. Bular qatoriga inklyuziv hukumatni shakllantirish, inson huquqlari, ayniqsa, ayollar huquqlariga rioya etilishini ta’minlash, terrorizm va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash bo‘yicha samarali choralar ko‘rish kiradi.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026