Bugun, 28 yanvar kuni «Özbekistonda ta'lim tizimini rivojlantiriş istiqbollari: muammo va yeçimlar» mavzusida seminar bölib ötdi.

Unda iştirok etgan Osiyo taraqqiyot bankining Özbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori örinbosari Enriko Pinalining ta'kidlaşiça, Özbekiston ta'lim, ilm-fan va innovatsiyalarga kuçli e'tibor qaratiş orqali davlat rahbari parlamentga murojaatida ta'kidlanidek, bosqiçma-bosqiç taraqqiyotga erişişi mumkin.

«Ayni paytda esa özbekistonlik mehnatga layoqatli şaxslarning malakasi va iş lavozimi bilan boğliq turli nomuvofiqliklar mavjud. Jumladan, iş örinlariga ega bölgan erkaklarning bor-yöği 50,9  foizi, ayollarning 50,1 foizi öz sohalariga oid yuqori pozitsiyalarda işlaydi.

60 foiz işçilar esa öz malakasidan pastroq lavozimda xizmat qilmoqda», – degan Pinalining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning aytişiça, buni bartaraf etiş uçun mehnat bozori va ta'lim tizimi örtasidagi munosabatlarni muvofiqlaştiriş kerak.

Şu maqsadda Özbekistonda milliy kvalifikatsiya ramkasi işlab çiqilmoqda.

Ta'lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği örinbosari Asliddin Odilovning ma'lumot berişiça, kvalifikatsiya – bilim, malaka, könikma kabi tuşunçalardan iborat bölib, işçiga malaka sertifikatiga mos ravişda mehnat bozorida munosib örin topişiga yordam beradi.

«Milliy kvalifikatsiya ramkasini yaratiş böyiça ilk harakatlar 20 yil oldin boşlangan. Lekin vazifa faqat ta'lim taşkilotlari böynida qolgani uçun amalga oşirilişi orqaga surilgan», – dedi Asliddin Odilov.

Anjumanda ta'kidlanişiça, xalqaro standartlar asosida milliy kvalifikatsiya ramkasi işlab çiqilgaç, Özbekistonda olingan malaka diplomi bilan xalqaro mehnat bozorida bemalol iş topa oliş imkoni paydo böladi.