Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki iştirokida “Moliya bozorini rivojlantiriş dasturi” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
2021 yil 7 oktyabrda Osiyo taraqqiyot banki direktorlari kengaşi tomonidan “Moliya bozorini rivojlantiriş dasturi” loyihasi doirasida Özbekistonga 25 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan 100 mln dollar miqdorida qarz ajratilişi töğrisida qaror qabul qilindi.
OTB mablağlari Özbekiston budjeti xarajatlarini moliyalaştiriş uçun foydalaniladi. Moliya vazirligi loyihaning amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş va monitoring olib boriş, şuningdek, OTB mablağlaridan maqsadli va samarali foydalanilişi yuzasidan mas’ul ijro etuvçi organ hisoblanadi. Valuta xatarlarini qisman xedjirlaş maqsadida xalqaro moliyaviy kontragentlar bilan hamkorlikda OTB mablağlarining 20 mln dollar miqdoridagi qismi böyiça 3 yil muddatga ilk sinov svop operatsiyasini amalga oşiriş nazarda tutilgan.
OTB mablağlarini qaytariş va foiz böyiça tölovlar hamda ilk sinov svop operatsiyasi doirasida amalga oşiriladigan foiz tölovlari bilan boğliq xarajatlar Özbekiston respublika budjetining mablağlari hisobidan amalga oşiriladi. Bunda, Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasining boş kelişuviga asosan tuşadigan daromadlar respublika budjeti daromadlari sifatida aks ettiriladi.
Markaziy bankka loyihani hamda Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasi bilan tranzaksiyalarni amalga oşirişda moliyaviy agent funksiyasini bajariş tavsiya etildi.
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Moliya bozorini rivojlantiriş dasturi” loyihasi doirasida ajratiladigan qarzni qaytariş va foiz böyiça tölovlarni amalga oşirişning prognoz jadvali tasdiqlandi.












