Osiyo taraqqiyot banki Özbekistonda kiçik korxonalar uçun moliyalaştiriş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida 300 mln dollar kredit ajratadi.

Tasdiqlangan kreditning 100 mln dollari imtiyozli şartlarda beriladi. Pul mablağlari kiçik va örta korxonalar, xususan, ayollar tomonidan boşqariladigan korxonalar uçun moliyalaştirişdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, mamlakatning mikromoliyalaş sektorini mustahkamlaş uçun yönaltiriladi.

Rejalaştirilgan çora-tadbirlar orasida mikrokreditlarning maksimal miqdorini oşiriş, mikromoliyalaş sohasidagi normativ hujjatlarni takomillaştiriş, Tadbirkor ayollarni moliyalaştiriş xalqaro kodeksiga qöşiliş, şuningdek, islomiy mikromoliyalaş uçun normativ bazani işlab çiqiş kabilar bor.

Uşbu qadamlar aholining zaif qatlamlari uçun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytiriş va sohaning barqaror rivojlanişini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.

«OTB Özbekistonning inklyuziv va bozorga yönaltirilgan moliya tizimiga ötişini qöllab-quvvatlayotganidan faxrlanadi. Dasturning amalga oşirilişi özini özi band qilganlar va mikrotadbirkorlar uçun moliyalaştirişdan foydalaniş imkoniyatini oçadi, gender tengligini rağbatlantirişga yordam beradi va moliya sektorida iste’molçilar huquqlarini himoya qilişni kuçaytiradi», — dedi OTBning Özbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya.

Ma’lumot uçun, 1995 yilda Özbekiston OTBga a’zo bölgan va şundan beri bank mamlakatga umumiy qiymati 14,6 milliard dollarga teng bölgan qarzlar, grantlar va davlat sektoriga texnik yordam körsatgan.