Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda Amerika harbiy samolyoti halokatga uchradi – OAV
Iroqning Anbar viloyatida AQSh harbiy-havo kuchlariga qarashli C-27 J Spartan samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Iroqning Alforat News agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, samolyot bortida to‘rt kishi bo‘lib, ularning barchasi halok bo‘lgan. Avvalroq Iraq Newspaper gazetasi ham samolyot qulagani va to‘rt kishi halok bo‘lgani haqida yozgandi.
Iroq va AQSh bu borada rasmiy izoh bermagan.
C-27 J Spartan samolyoti xususiyatlari harbiy xizmatchilar va jangovar texnika tashish, shuningdek, tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
Dushanba kuni Afg‘onistonning G‘azni viloyatida AQShning Bombardier E-11A rusumli samolyoti qulab tushgandi.
Mavzuga oid
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026