Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Rossiyadan koronavirusga qarshi kurashda yordam so‘radi
Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligi yangi turdagi koronavirus tarqalishining oldini olishda Rossiyadan yordam so‘radi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Bibixonum Darveshzoda ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rospotrebnadzor bu borada ko‘mak berishni va'da qilgan. Hozirda Tojikiston teplovizorlar, diagnostika uskunalari va dori vositalari yetkazib berilishini kutmoqda.
Shu bilan birga, Tojikiston shifokorlarni maxsus libos bilan ta'minlash bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan muzokara boshlagan.
Avvalroq Rossiya YeOII va MDH davlatlariga koronavirusni laborator diagnostika qilish vositalarini yetkazib berayotgani xabar qilingandi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi koronavirusdan bir kun ichida 57 kishi vafot etdi. Shu tariqa, epidemiya boshlangandan beri uning qurbonlari soni 361 nafarga yetdi, kasallanganlar esa yana 2829 kishiga ko‘payib, 17205 nafarni tashkil qilmoqda. Yana 22 davlatda 148 kishi kasallikka chalingani qayd etilgan.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025