Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamaykaga parvoz qilgan Kanada samolyoti koronavirus to‘g‘risidagi hazil sababli ortiga qaytdi
Samolyot aeroportga qo‘nganidan so‘ng 29 yoshli hazilkash hibsga olingan. 9 martda uning ustidan sud bo‘lib o‘tishi belgilandi.
Kanadaning WestJet aviakompaniyasiga qarashli, Torontodan Yamaykaga parvoz qilgan samolyot yo‘lovchining koronavirus to‘g‘risidagi hazili sababli aeroportga qaytdi. Bu haqda CBC telekanali xabar berdi.
Politsiyaning ma'lumot berishicha, WS 2702 reysining yo‘lovchilaridan biri parvoz vaqtida kutilmaganda o‘rnidan turgan va yaqinda Xitoyda bo‘lganini, koronavirus bilan zararlanganini e'lon qilgan. Samolyot bortida 243 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
"Ekipaj a'zolari bu haqda samolyot komandiriga ma'lum qilgan. Shundan so‘ng Toronto aeroportiga qaytishga qaror qilingan", — deyiladi aeroport joylashgan Pil rayoni politsiyasi bayonotida.
Samolyot aeroportga qo‘nganidan so‘ng 29 yoshli hazilkash hibsga olingan. 9 martda uning ustidan sud bo‘lib o‘tishi belgilandi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 20,4 ming kishidan oshgan, 425 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
07:43
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026