Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehron AQShning Fors ko‘rfazi hududidagi barcha kuchlari Eron nazorati ostida ekanligini bildirdi
Ta'kidlanishicha, Eron AQShning Iroqdagi bazasiga "to‘liq ma'lumot va aniq hisob-kitoblar" asosida zarba bergan.
Amerikaning Fors ko‘rfazi hududida joylashtirilgan barcha qo‘shinlari Eronning muntazam nazorati ostida. Bu haqda qarorlarning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha kengash kotibi Muhsin Rizoiy aytdi, deb xabar bermoqda Fars agentligi.
"AQShning Fors ko‘rfazi hududidagi barcha bazalari, jumladan, AQSh aviatashuvchilari bizning kuzatuvimizda va biz bu yerda AQShning nechta kemasi borligini hamda qayerda joylashganini bilamiz", - dedi u.
Rizoiy Eron hududdagi AQSh harbiy xizmatchilari to‘g‘risida "juda aniq" ma'lumotga ega ekanligini ta'kidladi.
"Hattoki Amerika askarlari Quvayt yoki Bahrayndagi mehmonxonalarga borganida ham ularni kuzatib turamiz", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Rizoiyning so‘zlariga ko‘ra, Eron AQShning Iroqdagi bazasiga "to‘liq ma'lumot va aniq hisob-kitoblar" asosida zarba bergan.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
19:37 / 01.07.2026