Xans Klyuge: O‘zbekiston silga qarshi kurash tajribasini OIVga qarshi kurashda ham qo‘llashi kerak
JSST Yevropa mintaqaviy byurosining yangi rahbari xorijga ilk tashrifini O‘zbekistondan boshlab, mamlakatning silga qarshi kurashda erishgan natijalarini yuqori baholadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge 11 fevral kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.
Mutaxassis jurnalistlarga bergan intervyusida O‘zbekistonning sil kasalligiga qarshi kurashda erishgan natijalarini e'tirof etdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Shaxsan o‘zim 20 yil muqaddam silga qarshi kurashish loyihasi doirasida Qoraqalpog‘istonda, aynan Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irotda ish olib borganman. Oradan 20 yil o‘tdi. Natijalar juda ajoyib. O‘ylaymanki, xuddi shunday tajribani endilikda OIV profilaktikasi va unga qarshi kurashishda qo‘llash lozim», – dedi Xans Klyuge.
Ma'lumot uchun, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sil kasalliklaridan (tuberkulyoz) o‘lim holatlari 5 barobarga, silga chalinish hollari esa deyarli 2 barobarga kamaygan. 2019-2025 yillar ichida sil bilan kasallanish holatlarini deyarli 20 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda 42 mingdan ortiq kishi OIV infeksiyasi bilan yashab kelmoqda, ulardan 28 ming nafari antiretrovirus davo olmoqda. Mamlakatda yiliga 4000-4200 kishi OITSga chalinyapti – bu qo‘shni respublikalarga taqqoslaganda ancha past ko‘rsatkich. Shuningdek, O‘zbekiston OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishiga to‘la barham berilgan davlatlar qatoriga kirish arafasida turibdi.
Mavzuga oid
18:07 / 22.12.2024
FT: AQSh Tramp prezidentligining birinchi kunida JSSTdan chiqishini e’lon qilishi mumkin
13:42 / 02.12.2024
Dunyoda 800 milliondan ortiq odam diabetdan azob chekadi - tadqiqot
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024