Kun.uz Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi mutaxassisi Azizbek Nişonov bilan suhbat uyuştirdi. Mutaxassis har bir inson OIV infeksiyasi va OITS xastaligi böyiça nimalardan boxabar bölişi, profilaktika uçun nimalarga rioya qilinişi kerakligi xususida batafsil ma'lumot berdi.

─ OIV infeksiyasi va OITS xastaligi nima? Uning inson organzmi uçun zarari qanday namoyon böladi?

─ OIV (odam immuniteti tanqisligi virusi) surunkali yuqumli kasallik bölib, inson organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi. U organizmni taşqi xavfli ta'sirlardan himoya qiluvçi tizim ─ immun tizimini izdan çiqaradi. Uning öziga xosligi şundaki, virus organizmga tuşgan dastlabki davrda heç qanay noxuş alomatlar sezilmaydi, immun tizimi viruslarning tajovuzini bostirib turadi. Odam virusni yuqtirib olganidan boşlab 10 yilgaça özi kasal ekanini sezmaydi. Bu davrda organizmda OIV viruslari bilan kasallangan hujayralar soni soğlom hujayralarga qaraganda oşib boradi, natijada OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) kelib çiqadi. Bu surunkali tarzda keçuvçi tizimli xastalik. U faqat bitta organni zararlaydi, deb tuşuniş xato. Organizmning viruslar bilan mahv etilişi natijasida immun tizimi öz vazifasini bajara olmaydi, natijada inson har qanday taşqi ta'sirga sezuvçan böladi, oddiy kasalliklarni ham oğir keçiradi. Organizmning kuraşuvçanligi yöqolgani bois yondoş kasalliklar rivojlanib boraveradi. OITS sababsiz uzoq davom etuvçi yötal, qisqa vaqt içida keskin ozib ketiş, harorat sababsiz kötarilişi, uzoq vaqt iç ketişi (diareya), oğiz böşliği va turli a'zolar yalliğlanişi, xavfli ösmalar rivojlanişi kabi belgilar bilan namoyon böladi.

─ OIV infeksiyasi qanday yöl bilan yuqadi? Undan himoyalaniş uçun nimalarga diqqat qaratiş lozim?

─ UNAIDS (BMTning OIV/OITS böyiça dasturi) ma'lumotlariga köra, dunyo böyiça ayni kunda 37 mln kişi OIV infeksiyasi bilan kasallangan. Kasallik köpinça 20-49 yoşlilar örtasida qayd etiladi. Bu xastalikning uzoq vaqt yaşirin tarzda keçişi, natijada bemorning özi bilmagan holda boşqalarga ham kasallikni yuqtirişi bilan boqliq.

OIV infeksiyasi OIV bilan zararlangan şaxs bilan himoyalanmagan jinsiy aloqa qilganda, giyohvand moddalarni guruh bölib tomir orqali qabul qilganda, virus bilan zararlangan, tekşirilmagan qon va uning tarkibiy qismlari quyilganda, zararsizlantirilmagan jarrohlik, doyalik, stomatologik va boşqa tibbiy asboblar orqali muolajalar olganda, şprits va ignalardan umumiy foydalanilganda, infeksiyani yuqtirib olgan homilador onadan bolaga homiladorlik davrida jarohatlangan yöldoş orqali, bola tuğilişi jarayonida tuğuruq yöllari jarohatlanişi tufayli va bolani emiziş jarayonida ona suti orqali yuqadi.

─ OITSni davolaşning heç qaday çorasi yöqmi?

─ Bugungi kunda OIV infeksiyasini yuqtirib olgan odamning umrini soğlom odamning umriçalik çöziş mumkin. Bu muolaja virusni töliq yöq qilmasa ham, uning bemor qonida köpayib borişiga yöl qöymaydi, ya'ni qonda viruslar soni kamayib, immunitet kuçayadi, virusga qarşi kuraşuvçi hujayralarning soni ortib, bemorning ahvoli yaxşilanib boradi.

─ Özida OIV infeksiyasining mavjudligini gumon qilgan şaxs kimga murojaat qilişi lozim?

─ Har bir inson özida şubhali holatlarni sezgan taqdirda ixtiyoriy ravişda tekşiruvdan ötişlari mumkin. Buning uçun har bir viloyatdagi OITSga qarşi kuraşiş markazlari va tumanlararo OITSga taşxis qöyiş laboratoriyalariga murojaat qiliş lozim. «Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib çiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalişiga qarşi kuraşiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga asosan tekşiruvlar tekşiruvdan ötayotgan şaxsning xohişiga köra maxfiylikka rioya etilgan holda amalga oşiriladi. OIVga tekşiriş natijalari qanday bölişidan qat'i nazar vraç buni sir saqlaşi kafolatlanadi. Şu bois tekşiruvlardan ötişdan qörqmaslik kerak.

─ Mazkur kasallikka qarşi kuraş böyiça respublikada qanday işlar yölga qöyilgan?

─ OITSga qarşi kuraşga yönaltirilgan davlat dasturlari asosida tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, bu esa OIV infeksiyasining parenteral yöl (in'yeksion muolajalar orqali) bilan yuqişi körsatkiçini kamaytirdi. Infeksiya onadan bolaga yuqişining oldini oliş böyiça ham işlar yölga qöyilgan. Ya'ni, har bir ayol homiladorlikning ön törtinçi haftasidan joylardagi tibbiyot muassasasi tomonidan nazoratga olinib, OIVga tibbiy tekşiruvdan ötkaziladi. OIV infeksiyasi aniqlangan homilador ayolga belgilangan muddatdan tuğruq amalga oşirilgungaça virusga qarşi maxsus profilaktika dori vositalari beriladi. Tuğilgan bolaga ham bir oy davomida virusga qarşi profilaktik dori preparatlari beriladi. Buning natijasida kasallik onadan bolaga yuqişi körsatkiçlari keskin kamayişiga erişildi. 2013 yilda OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqişi 2,3 foizni taşkil etgan bölsa, 2018 yilda bu körsatkiç 0,3 foizga teng böldi. Ayni vaqtda Özbekiston OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqiş holatlaridan ozod hudud sifatida sertifikat oliş arafasida turibdi.

«Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib çiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalişiga qarşi kuraşiş töğrisida»gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq, turmuş qurmoqçi bölgan yoşlar OIV infeksiyasi böyiça tekşiruvdan ötkaziladi, agar ularda kasallik aniqlansa, dispanser nazoratiga olinadi.

Saodat Abdurahmonova suhbatlaşdi