Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yuz bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Rossiyaning Chelyabinsk viloyati hududida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekistonning bir fuqarosi vafot etdi, yana ikki nafar o‘zbekistonlik tan jarohati oldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 7 fevral, juma kuni, Chelyabinsk viloyati hududidan o‘tuvchi Yujnouralsk—Magnitogorsk trassasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida uch kishi, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarosi M.R. vafot etgan. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari M.N. va A.R. tan jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.
TIV tomonidan qayd etilishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, jarohatlanganlar va ularning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatilgan, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhum ayolning jasadini turmush o‘rtog‘i hamrohligida O‘zbekistonga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
Mavzuga oid
10:58
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026
Mundialdagi debyutga rasmiy baho, qimmatlayotgan benzin va o‘pirilgan damba - hafta dayjesti
13:12 / 04.07.2026