Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda viloyat prokurori axboroti eshitildi. 2019 yil necha nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgani ochiqlandi
2020 yil 13 fevral kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat prokurori R.Masharipov ishtirok etib, viloyat prokuraturasi organlarining 2019 yildagi faoliyati to‘g‘risida axborot berdi.
Qayd etilishicha, 2019 yilda jami 3 310 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi, prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida jami 24,7 mlrd. so‘m zararlar undirilishi ta'minlandi.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularga qarshi kurash, tezkor-qidiruv va tergov faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida ko‘rilgan choralar natijasida umumiy jinoyatchilik 2,6 foizga, shu jumladan nomusga tegish (25 foiz), bezorilik (20 foiz), qasddan odam o‘ldirish (18,2 foiz), odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar (12,5 foiz), o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transporti hodisalari (8,6 foiz), firibgarlik (3,1 foiz) va boshqa qator jinoyatlarning kamayishiga erishildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida viloyat idoralararo komissiyasi ish rejalariga asosan profilaktik tadbirlar o‘tkazib borildi. 2019 yilda 49 nafar mansabdor shaxslar turli ko‘rinishdagi mansabdorlik jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.
Mavzuga oid
20:00 / 14.03.2026
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
21:44 / 04.03.2026
Sirdaryoda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 trillion so‘m ajratiladi
19:33 / 03.03.2026
Markaziy Osiyoda bu yil sug‘orish suvi zaxiralari kam bo‘lishi mumkin
12:31 / 03.03.2026