Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Rossiyani Liviyadagi urushni boshqarishda aybladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Pokistonga safari oldidan jurnalistlar bilan uchrashuv vaqtida Rossiya Liviyadagi urushni «oliy darajada boshqarayotgani» haqida gapirdi.
Turkiya prezidenti jurnalistlar bilan suhbatda Sergey Shoygu, Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov, Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar hamda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari deb atalgan kishi birgalikda aks etgan fotosurat haqida so‘z yuritgan.
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Mixail Bogdanov Erdo‘g‘anning bayonoti yuzasidan «Interfaks»ga izoh berib, buni «haqiqatga va mamlakatdagi haqiqiy ahvolga mutlaqo zid» deb atadi.
«U buni qayerdan olganini, unga bunday axborot qayerdan borganini bilmayman», deya qo‘shimcha qildi Bogdanov.
«Ularning barchasi Rossiyaning harbiy amaldorlari hisoblanadi va «Vagner»ni ular boshqaradi. Ular hali ham «Vagner» bilan hech qanday aloqalari yo‘qligini aytishmoqda. Hozirda Rossiya Liviyadagi urushni eng yuqori darajada boshqarmoqda», — degan u.
- Turkiya prezidenti o‘tgan yilning dekabrida Liviyada «Vagner» HHKning ikki mingdan ortiq yollanma jangchilari borligini ma'lum qilgandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa keyinroq agar Liviyada «Vagner» HHK yollanma jangchilari bo‘lsa ham, ular Rossiya manfaatlarini himoya qilmasligini va davlatdan pul olmasligini aytib o‘tgan edi.
- Turkiya hukumati yanvar oyida Liviyaga harbiy mutaxassislarni yuborishini e'lon qilgandi, o‘shanda Erdo‘g‘an bu qaror Liviyaning Foiz Saroj boshchiligidagi xalqaro miqyosda tan olingan hukumatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilinganini ma'lum qilgandi. Liviyada hokimiyat uchun kurashda Sarojning asosiy raqibi, norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyadan ko‘mak olib turgan feldmarshal Xalifa Haftar hisoblanadi. Rossiya rasmiylari ushbu ma'lumotlarni rasman rad etib kelmoqda.
- Vagner xususiy harbiy kompaniyasi norasmiy qurolli tuzilma bo‘lib, u peterburglik biznesmen Yevgeniy Prigojinga aloqador deb hisoblanadi. Uning yollanma askarlari Kongo, Liviya, Madagaskar, Angola, Gvineya, Gvineya-Bisau, Mozambik, Zimbabve va Markaziy Afrika Respublikasida faoliyat olib borayotganligi aytiladi. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, ular Donbass, Suriyadagi jangovar harakatlarda ham ishtirok etgan va prezident Omar al-Bashirni qo‘llab-quvvatlash uchun Sudanga ham jo‘natilgan.
Mavzuga oid
12:19 / 29.05.2026
“Eron Liviyaning kuni boshiga tushishidan qochyapti” - siyosatshunos
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
13:34 / 04.02.2026
Liviyada Qazzofiyning o‘g‘li o‘ldirildi
08:45 / 24.12.2025