Vazirlar Mahkamasining “Içki işlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali taşkil etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Içki işlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Xotin-qizlar qömitasi, Yoşlar ittifoqi, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaning 2020 yil 1 martdan boşlab nazorat ostidagilarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam körsatiş böyiça özaro hamkorlikni yölga qöyiş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.

Içki işlar vazirligi:

a) 2020/2021 öquv yilidan boşlab Içki işlar vazirligining Malaka oşiriş institutida Probatsiya xizmati xodimlari malakasini oşiriş tizimini yölga qöyadi;

b) Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan birgalikda probatsiya faoliyatiga oid ilmiy-tadqiqot işlarini kuçaytiriş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlarni belgilaydi;

v) ikki oy muddatda probatsiya bölinmalari xodimlarini Probatsiya xizmatini rivojlantiriş jamğarmasi hisobiga rağbatlantiriş tartibini tasdiqlaydi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Içki işlar vazirligining murojaatiga asosan belgilangan tartibda Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toşkent şahri mahalliy budjetlarining qöşimça manbalari mablağlari hisobiga probatsiya bölinmalarining yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmoğiga ulanişini ta'minlaydi.

Adliya vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bir oy muddatda yuridik yönalişdagi oliy ta'lim muassasalari ta'lim dasturlariga nazorat ostidagilarning ijtimoiy-psixologik portretini örganiş böyiça maxsus mavzular kiritilişini ta'minlaydi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Içki işlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tegişli oliy ta'lim muassasalarida psixologiya yönaliş böyiça tahsil olayotgan talabalarning probatsiya bölinmalarida amaliyot ötaşini yölga qöyadi.