Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 1 iyuldan boshlab yo‘lovchilar mahalliy yo‘nalishlardagi parvozlarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron variantidan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ldi.
Aeroportda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin yo‘lovchi my.gov.uz sayti/mobil ilovasi yoki «Ijtimoiy karta» mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga kirib, shaxsiy ma’lumotlar sahifasiga o‘tadi va elektron shaklda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tish joyidagi xodimga ko‘rsatadi.
Faqat my.gov.uz sayti/mobil ilovasi yoki «Ijtimoiy karta» mobil ilovasidagi joriy ma’lumotlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi, shuning uchun ro‘yxatdan o‘tish paytida shu kabi hujjatlarning nusxalari, fotosuratlari, pasport/ID'ning skanerlangan variantlari yoki shaxsiy ma’lumotlar bo‘lgan veb-sayt sahifasining «skrinshot»lari qabul qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tartib shu yil boshida qabul qilingan hukumat qarorida belgilangan.
Qarorga, 2025 yil 1 iyuldan O‘zbekiston hududida shaxsni tasdiqlovchi (ID karta, nikoh va haydovchilik guvohnomasi, ishonchnoma va boshq.) hujjatlarning elektron nusxasi ham davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan majburiy tartibda qabul qilinadi.











