Samarqandlik fuqaroning xonadonidan 2 yarim kiloga yaqin «marixuana» topildi
Samarqand viloyatida huquqbuzarliklarga qarshi kurash oyligi davom etmoqda. Ushbu oylik davomida turli jinoyatlar fosh etilmoqda.

Foto: Samarqand viloyat IIB axborot xizmati
Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 5-son IIB tezkor xodimlari tomonidan olingan ma'lumotlarga asosan, Samarqand shahrining Spitamen shohko‘chasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan Sh.A.ning yashash manzilida tintuv o‘tkazilgan.
Samarqand viloyat IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga bergan ma'lumotiga ko‘ra, tintuv mobaynida Sh.A. yashayotgan uyning yerto‘lasida «marixuana» giyohvandlik moddasini eslatuvchi, quritilgan o‘tkir hidli modda 3 dona shirinlik qutisida, 3 dona sellofan paketda, 1 dona yelim qopda, 1 dona qora rangli sumkada yashirincha saqlab kelinayotganligi aniqlangan. Ashyoviy dalillar belgilangan tartibda hujjatlashtirib, tekshirib ko‘rish uchun Samarqand viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limiga yuborilgan.

Samarqand viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining xulosasiga ko‘ra, mazkur o‘tkir hidli modda 2419,37 gramm miqdordagi «marixuana» giyohvandlik moddasi ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-, 273-moddasi 5-qismi, 270-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, — deyiladi IIB ma'lumotnomasida.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qiladi
Jahon | 23:00
-
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
Jahon | 22:58
-
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
Jamiyat | 22:52
-
Rossiya fuqaroligini olgan 20 ming chet ellik Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda - Bastrikin
Jahon | 22:47
Mavzuga oid

07:50 / 25.01.2025
5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

09:30 / 18.06.2024
Merilendda giyohvand modda uchun sudlangan 100 ming kishi afv etildi

17:58 / 08.01.2024
Samarqand viloyatidagi xonadondan qariyb 32 kg marixuana topildi

14:00 / 24.10.2022