Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tabiiy gaz bo‘lmagan hududlardagi aholi is gazini sezadigan uskunalar bilan ta'minlanishi mumkin
Tabiiy gaz mavjud bo‘lmagan hududlardagi aholini is gazini sezadigan uskunalar bilan ta'minlash taklif etilmoqda
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tabiiy gaz mavjud bo‘lmagan hududlardagi aholini is gazini sezadigan uskunalar bilan ta'minlash haqida petitsiya e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, hozirda O‘zbekistonning chekka-chekka tumanlari qishloqlaridan tortib hatto markazlashgan tumanlarda ham tabiiy gaz bilan bog‘liq muammolar mavjud. Bu, o‘z navbatida, standartlarga javob bermaydigan isitish pechlaridan foydalanishga olib keladi. Natijada aholining is gazidan zaharlanish ehtimoli ortadi.
“Ma'lumki, to‘liq yonmagan o‘tin xamda ko‘mirdan rangsiz, hidsiz bo‘lgan gaz (is gazi) ajralib chiqadi. Ushbu is gazi inson salomatligiga jiddiy xavf soladi, ba'zan bunday holatlar o‘lim bilan yakun topadi. Har yili sovuq tushgan mavsumda yurtdoshlarimiz nostandart pechlardan foydalanishi oqibatida is gazidan zaharlanib halok bo‘lish holatlari ko‘payib bormoqda. Menimcha, bunday vaziyatlar yana takrorlanishini oldini olish shart va zarur”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Ta'kidlanishicha, is gazi hidsiz gaz. Uni zarur uskunalarsiz sezish mushkul. Shuning uchun, tabiiy gaz mavjud bo‘lmagan hududlarga majburiy ravishda is gazini sezadigan moslama o‘rnatish kerakligi aytiladi.
“Ushbu uskuna aholi turar joyining isitish pechlariga yaqin joyga o‘rnatiladi, agarda ana o‘sha joyda is gazi sizib chiqsa, uskuna darhol baland tovush chiqarib ogohlantirish signalini beradi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ushbu uskunani aholiga bepul bo‘lmasa ham o‘zining tan narxida sotish va o‘rnatib berishni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada.
Mavzuga oid
18:05 / 07.06.2026
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzgan 19 nafar xodim ishdan olindi
18:00 / 13.03.2026
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi
10:17 / 19.12.2025
Navoiyda ota va o‘g‘il is gazidan vafot etdi
14:57 / 15.12.2025