Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda 500ga yaqin kishi noma'lum gazdan zaharlandi, o‘ndan ortiq kishi vafot etdi
Xabarlarga ko‘ra, yuk kemasidan kimyoviy moddalar tushirilayotgan vaqtda gaz sizib chiqishi sodir bo‘lgan.
Sind viloyati axborot vaziri Nosir Shoh Karachi porti hududida qanday gaz tarqalgani hozircha aniqlanmaganini ma'lum qildi.
Pokistonning Karachi shahrida noma'lum gaz ta'sirida 14 kishi vafot etdi, 500ga yaqin kishi jabrlandi, deb xabar berdi Samaa telekanali.
Sind viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi koordinatori Zafar Mahdiyning ma'lum qilishicha, to‘qqiz kishi Ziyovuddin kasalxonasida, yana ikki nafardan kishi fuqarolar hospitali va Qutiyon Memo kasalxonasida va yana bir kishi Burhoniy kasalxonasida vafot etgan. Kasalxonalarga 500ga yaqin kishi nafas olishda muammolar paydo bo‘lganini aytib murojaat qilgan.
Xabarlarga ko‘ra, yuk kemasidan kimyoviy moddalar tushirilayotgan vaqtda gaz sizib chiqishi sodir bo‘lgan.
Sind viloyati axborot vaziri Nosir Shoh Karachi porti hududida qanday gaz tarqalgani hozircha aniqlanmaganini ma'lum qildi.
"Hozirda qanday gaz ekanligini aniq aytolmaymiz. Muammoning ildiziga yetish muammoga aylandi", - dedi Shoh.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gaz tarqalishi sabablarini aniqlash uchun Karachi universiteti va Pokiston harbiy-dengiz kuchlari kimyoviy mudofaa bo‘linmasi vakillari jalb etilgan.
Mavzuga oid
09:05
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026