O‘zbekiston | 15:37 / 18.02.2020
6954
2 daqiqa o‘qiladi

Vengriya O‘zbekistonga chegara xavfsizligi masalasida hamkorlikni taklif qildi

Vengriya O‘zbekiston bilan chegara xavfsizligini ta'minlash borasida hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda bugun Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Piter Siyyarto ma'lum qildi.

Foto: TASS

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya noqonuniy muhojirlar oqimi sababli so‘nggi yillarda erishilgan chegara xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishi mumkin.

“Biz o‘z fuqarolarining xavfsizligiga katta e'tibor beradigan davlatlarmiz. Xavfsizlik chegaralarni qo‘riqlashdan boshlanadi va chegaralarni qo‘riqlash milliy suverenitet sari birinchi qadam bo‘ladi. Biz Markaziy Osiyoda davlat chegaralarini himoya qilish har doim katta vazifa bo‘lganligini yaxshi bilamiz. Bir necha yil avval bu biz uchun notanish holat edi", - dedi Siyyarto Toshkentdagi O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasida.

Markaziy Yevropada bu masala mintaqa davlatlari noqonuniy migratsiyaga duch kelgach dolzarb bo‘lib qoldi.

"Biz turli xil texnologiyalarni ishlab chiqishga majbur bo‘ldik va bu borada hamkoringizga aylanishdan xursand bo‘lamiz", dedi vazir.

2019 yil oxirida parlamentda chiqish qilgan Siyyarto Vengriyaga noqonuniy migratsiya oqimi kuchayishi mumkinligini aytgandi. Uning ta'kidlashicha, shu bois G‘arbiy Bolqonda migratsiya xavfsizligi muammosi hozirgi paytda eng jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hudud mamlakatlarida hozirgi paytda 98 mingga yaqin noqonuniy migrantlar bo‘lib, bu Markaziy Yevropa uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Mavzuga oid